Otabek Murodov qamoqqa olindi

Murodov bosh prokuror lavozimiga 2018-yilning yanvar oyida tayinlangan. U bunga qadar davlat rahbari davlat maslahatchisi lavozimida faoliyat yuritgan
Sputnik

TOShKENT, 24 sen - Sputnik. O‘zbekistonning uchinchi Bosh prokurori ham qamoqqa olindi, deb xabar bermoqda Jahon nashri.

Otabek Murodov ishi DXX sobiq rahbari Abdullayev jinoiy ishi doirasida ko‘rib chiqilmoqda

Internet nashrining ishonchli manbasi xabariga ko‘ra, Qashqadaryo viloyati Shahrisabz shahrida tavallud topgan, 44 yoshli sobiq Bosh prokuror Otabek Murodov bundan ikki kun avval, ya’ni 18-sentabr kuni tunda qamoqqa olingan.

Otabek Murodovga nisbatan uy qamog‘i ehtiyot chorasi qo‘llangan bo‘lib, Sud tomonidan uning ehtiyot chorasi o‘zgartirilgani va u qamoqqa olingani aytilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, 21-iyun kuni Senatning 20-yalpi majlisida O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev sobiq bosh prokuror Otabek Murodovga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atilganini aytgan edi.

Murodov bosh prokuror lavozimiga 2018-yilning yanvar oyida tayinlangan. U bunga qadar davlat rahbari davlat maslahatchisi lavozimida faoliyat yuritgan.