Xitoy kompaniyasi O‘zbekistonda birinchi shamol elektr stansiyasini qurishni boshladi

Buxoroda birinchi shamol elektr stansiyasining machtalari qurildi va ularda shamol tezligini o‘lchash boshlandi.
Sputnik

TOShKENT, 24 sen – Sputnik. Buxoroning G‘ijduvon tumanida qayta tiklanadigan energiya manbai – shamol elektr stansiyasi qurishning birinchi bosqichi – ShESning machtalarini ishga tushirish va shamol tezligini o‘lchash marosimi bo‘lib o‘tdi, deb xabar qilmoqda O‘zA.

Alisher Sultonov: 2030-yilga kelib O‘zbekistonda 25% energiya quyosh va shamoldan olinadi

Shamol tezligini o‘lchash qurilmalari balandligi 120 metrga teng. O‘rganishlar nihoyasiga yetishi bilan ana shu balandlikda loyihaning birinchi navbat bosqichida har qaysisiga 35 metr o‘lchamdagi uchtadan yirik parrak o‘rnatilgan bir necha o‘nlab machta-qurilmalar quriladi.

Birinch bosqichda loyha quvvati 500 (MVt) megavatga teng bo‘ladi. Shamol elektrstansiyasining loyiha qiymati 240 million AQSh dollariga teng dastlabki navbati 2020-yilning kuzida ishga tushirilishi ko‘zda tutilmoqda. U nafaqat  G‘ijduvon, balki boshqa qator tumanlarni elektr energiyasi bilan barqaror ta’minlaydi.

Bu shamol elektr stansiyasi qurish loyihasining birinchi bosqichi bo‘lib, kelajakda uning quvvatini 1500 megavattga yetkazish rejalashtirilgan. Kiritiladigan sarmoya miqdori 1,8 milliard AQSh dollariga teng bo‘ladi. 

Eslatib o‘tamiz, loyihaga 2019-yilning mart oyia Buxoroda bo‘lib o‘tgan “Buxara investment forum – 2019” xalqaro anjumani doirasida asos solingan edi. O‘shanda viloyat hokimligi va “Liaonin lider” korporatsiyasi prezidenti Chjan Yuylyan o‘rtasida memorandum imzolangan edi.