Ekspert: S5+1 muloqot maydoni, xolos

RFA Sharqshunoslik instituti Markaziy Osiyo, Kavkaz va Ural-Volgabo‘yi tadqiqotlari markazi analitik guruhi rahbari Stanislav Pritchin AQSh qanday qilib Markaziy Osiyo davlatlarida o‘z ta’sir doirasini kengaytirishga urinayotgani haqida gapirdi
Sputnik

Nyu-Yorkda Markaziy Osiyo mamlakatlari tashqi ishlar vazirlari hamda AQSh davlat kotibining "S5+1" formatidagi uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. To‘planganlar xavfsizlik sohasidagi hamkorlik va iqtisodiy sheriklik masalalarini muhokama qildilar.

Alisher Sultonov AESning yangi bloklari, Markaziy Osiyo birdamligi va gidroenergetika haqida

Ekspert fikricha, bu kabi platformaning yaratilishi - AQShning Markaziy Osiyoda o‘z ta’sirini mustahkamlashga bo‘lgan harakatdir.

Bu tashabbus AQSh mintaqada harbiy kuchlarini olib chiqib ketganlaridan so‘ng amerika hukumati tomonidan ilgari surilgan.

"O‘sha vaqtdan buyon AQShning ta’siri sezilarli pasaygan va "S5+1" formatidagi uchrashuv - o‘z salmog‘ini oshirishga bo‘lgan urinishdir", - dedi Sputnik Tojikiston efirida ekspert.

Mintaqada Xitoyning mavjudligi ham kattagina vaznga ega va bunga yana nimanidir qarshi qo‘yish - juda murakkab ish.

AQShning Markaziy Osiyoga siyosiy qo‘llab-quvvatlovdan boshqa taklif qiladigan narsasi ham yo‘q, S5+1 esa muloqot uchun odatiy maydonlardan biridir, deb hisoblayli u. Misol uchun, Shavkat Mirziyoyev prezident bo‘lishi bilan, MO mintaqalararo aloqalar kuchaydi. Mamlakatlar muntazam uchrashib, mintaqa uchun dolzarb bo‘lgan masalalarni muntazam muhokama qiladilar.