TOShKENT, 24 sen – Sputnik. Aleksandr Lukashenko yana bir ekzotik mahsulot yetishtirishga muvaffaq bo‘ldi, deb xabar qilmoqda Belarus prezidenti matbuot xizmati.
Bu safar prezident teplitsasida qovun hosili olindi. Xabarda aytilishiga ko‘ra, ushbu qovun urug‘ini Belarus prezidenti iltimosiga ko‘ra Shavkat Mirziyoyev tomonidan yuborilgan.
Aytish joizki, Belarus prezidenti qishloq xo‘jaligiga alohida e’tibor beradi. Uning o‘zi ham vaqt bo‘lganda tez-tez dalalarda ishlab turadi. Undan tashqari Aleksandr Lukashenko o‘zining shaxsiy nazorati ostida turli eksperimental mahsulotlar yetishtirish bilan shug‘ullanib kelmoqda.
Yaqinda Belarus prezidenti o‘z apparatida ishlaydigan xodimalari bilan yetishtirilgan tarvuzlarni yig‘ib olayotgan videosi ham internetda keng tarqalgan edi.