Elektrobusning afzalligi nimada

Belarusdan keltirilgan birinchi elektrobus Toshkent aholisiga bir haftadan buyon xizmat ko‘rsatmoqda. “Toshshahartransxizmat” AJ boshqaruv raisi Mohir Valiyev elektrobuslarning afzalliklari va kelajakdagi rejalari bilan o‘rtoqlashdi.
Sputnik

TOShKENT. 24-sentabr – Sputnik. Belarusdan keltirilgan birinchi elektrobus Toshkent aholisiga bir haftadan buyon sinov tariqasida xizmat ko‘rsatmoqda. “Toshshahartransxizmat” AJ boshqaruv raisi Mohir Valiyev elektrobuslarning afzalliklari va kelajakdagi rejalari bilan o‘rtoqlashdi. Bu haqda Sputnik O‘zbekiston muxbiri xabar qildi.

Mohir Valiyev elektrobusning iqtisodiy jihatdan samaradorligi haqida to‘xtalib, dizel yoqilg‘i bilan solishtirilganda 5 baravardan, metan bilan – 3,5 baravardan ortiqni tashkil etishini qayd etdi. 

Toshkentga sinov tariqasida elektrobus olib kelindi

Shu o‘rinda, elektrobusning boshqa mavjud xarajatlari hali hisobga olinmagan, masalan, ulovning ehtiyot qismlar bilan ta’minlanishi kabilar.

“Bularning hammasi tahlil qilinmoqda va sinov muddati – 90 kun - tugaguniga qadar aniq belgilab ko‘rsatiladi”, - deydi “Toshshahartransxizmat” AJ boshqaruv raisi Mohir Valiyev.

Mohir Valiyevning fikricha, mazkur eksperiment bo‘yicha yakuniy xulosa elektrobusning poytaxt iqlimiga hamda Toshkentda mavjud yo‘lovchilar oqimi kabilarga chidamlilik darajasi o‘rganilgandan keyingina berilishi mumkin.

“Toshshahartransportloyiha” va BMTning Global ekologik fondi bilan qo‘shma loyihasi asosida, jumladan, elektrobus sinovlari natijalari sinchiklab o‘rganilgach, 2020-yilda Toshkent shahri uchun 20 ga yaqin elektrobuslar xarid qilinishi rejalashtirilgan.

Mazkur ulovning yo‘lovchilar sig‘imi poytaxt ko‘chalarida harakatlanayotgan "Mersedes" rusumli avtobuslar sig‘imi bilan tengdir. Shu o‘rinda, loyiha rahbarining e’tirofiga ko‘ra, elektrobuslarning xarid qilinishi, boshqa avtobuslarning xarid qilinishi to‘xtatiladi, degan gap emas. Zero, yaqin bir yil ichida qo‘shimcha faqat 20 dona avtobus cotib olinishi kutilmoqda.

Bir elektrobusning ekspluatatsiya qilinishi, loyiha hisob-kitoblariga qaraganda, katta sig‘imli avtobuslarda - 10-yilni, o‘rta sig‘imlilarida – 7-yilni tashkil etadi.

Birinchi elektrobus Toshkent yo‘llariga chiqdi

Toshkentda, xalqaro tajribalarga asoslanib baho beriladigan bo‘lsa, jamoat avtobuslari yetishmovchiligi kuzatiladi. Xususan, aytilishicha, butunjahon tajribasiga ko‘ra, 1000 kishiga 1 ta avtobus mo‘ljallangan. Demakki, Toshkent aholisi hisobga olinganda, hozirda poytaxtning o‘zida 3000 ta avtobus harakatlanishi zarur. Bugungi kunda esa, “Toshshahartrans” tasarrufidagi avtoparkdan poytaxt ko‘chalariga kuniga 1000 dan ortiq avtobus yo‘lga chiqadi. Bular qatorida 150 ga yaqin xususiy avtobus, 1000 ga yaqin “Gazel” rusumli yo‘nalishli taksilar ham xizmat ko‘rsatadi.

Mohir Valiyevning so‘zlariga qaraganda, poytaxt metrosining yangi yo‘l tarmoqlari qurilishi munosabati bilan avtobuslar harakatlanishi yo‘llari va ularning soni qayta ko‘rib chiqilishi rejalashtirilmoqda. Ma’lum qilinishicha, hozirda Transport vazirligi bilan birgalikda poytaxt uchun avtobuslar harakatlanishi modeli ishlab chiqilmoqda. Undan kelib chiqib, marshrutlarni optimallashtirish rejalashtirilgan. Shu bilan, yaqin yillarda poytaxt ko‘chalarida harakatlanayotgan avtobuslar soni taxminan 20-30% ga kamaytirilishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, sentabr boshida Toshkentga sinov tariqasida elektrobus keltirilgan edi va poytaxt aholisiga xizmat ko‘rsatishni boshlab yuborgan edi.