Agrobank xodimi o‘qituvchilar nomidan 735 million kredit olgan

Agrobank xodimi o‘qituvchilar nomidan kredit olib, pul o‘rniga ularga “Lenovo” rusumli noutbuklarni bergan.
Sputnik

TOShKENT, 22 sen – Sputnik. Agrobankning Andijon viloyati bo‘limi xodimi 245 nafar o‘qituvchi nomidan 735 million so‘m kredit olgani aniqlandi, deb xabar qilmoqda Bosh prokuratura matbuot xizmati.

Farg‘onada nogiron o‘quvchilarni aldagan firibgar sud qilindi

ATB «Agrobank” Izboskan filiali Front-ofisining bo‘limi boshlig‘i J.X., tumandagi maktablarning o‘qituvchilariga yillik mikroqarz krediti ajratish uchun soxta kredit hujjatlari tuzib, ushbu hujjatlar asosida 245 nafar o‘qituvchilarning har biriga naqd pulda 3 mln. so‘mdan jami 735 mln. so‘m mikroqarz ajratilishiga va pullarni bank kassasidan yechib olgan, - deyilgan xabarda.

Asosiysi bank xodimi ushbu pullarni o‘qituvchilarga berish o‘rniga ularga “Lenovo” rusumli noutbuklarni bergan.

Ayni damda ushbu holat yuzasidan J.X.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.