Ravon brendi Rossiya bozoriga qaytdi

Mashinalar sotuvi shu oyning o‘zida rasmiy dilerlik markazlarida qayta tiklanadi, dilerlik tarmog‘i esa ancha kengaytiriladi
Sputnik

TOShKENT, 21 sen - Sputnik. Ravon brendi Rossiya bozoriga qaytdi. 2019-yilda kompaniya Rossiyada 7-8 ming dona avtomobillarni sotmoqchi, deb xabar bermoqda Sputnik O‘zbekiston muxbiri.

Ravon Rossiyada muvaffaqiyatli bo‘lishi uchun nima qilish kerak - ekspert fikri

"Ravon Rossiya bozoriga hammabop, yaxshi tanilgan uchta model bilan qaytmoqda – bular "RAVON R4", "RAVON R2" va "RAVON Nexia R3" avtomobillaridir", - deyiladi xabarda.

Mashinalar sotuvi shu oyning o‘zida rasmiy dilerlik markazlarida qayta tiklanadi, dilerlik tarmog‘i esa, ancha kengaytiriladi.

"O‘zavtomotors" AJ boshqaruvchi direktori Aleksandr Saxapov "Izvestiya" nashriga bergan intervyusida brend Rossiyada avtomobillar yig‘ishni yo‘lga qo‘yish ustida ishlar olib borayotgani haqida gapirib o‘tgan.

Ravon brendi Rossiya bozoriga qaytdi

Ta’kidlanishicha, bu boradagi muzokaralar juda faol bosqichda va yil yakuniga qadar bu borada ommaga e’lon qilinishi rejalashtirilgan.

Shuningdek, ta’kidlanishicha, Ravon 2022-yilga qadar yangi sakkizta model taqdimotini o‘tkazishni rejalashtirmoqda.