Davlat arxivlaridagi ayrim hujjatlar maxfiylikdan chiqariladi

Farmonga muvofik 2020-yil 1-iyungacha davlat arxivlarida saqlanayotgan tarixiy davr (1917 yilgacha) arxiv hujjatlarini o‘rnatilgan tartibda maxfiylikdan chiqariladi.
Sputnik

TOShKENT, 21 sen - Sputnik. O‘zbekiston Respublikasida arxiv ishi va ish yuritishni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida prezident Farmoni qabul qilindi.

Sovet ayollarining urush yillaridagi jasoratlari haqida arxiv hujjatlar e’lon qilindi

Farmonga ko‘ra, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi "O‘zarxiv" agentligi negizida O‘zbekiston Respublikasi "O‘zarxiv" agentligi tashkil etildi.

Shuningdek, Farmonga muvofik 2020-yil 1-iyungacha davlat arxivlarida saqlanayotgan tarixiy davr (1917 yilgacha) arxiv hujjatlarini o‘rnatilgan tartibda maxfiylikdan chiqariladi.

2020 yil 1-iyungacha quyidagi davlat xizmatlari Davlat xizmatlari markazlari va YaIDXP orqali ko‘rsatilishi joriy etiladi:

👉 o‘qiganlikni tasdiqlash haqidagi arxiv ma’lumotnomasini berish;

👉 ish stajini tasdiqlash haqidagi arxiv ma’lumotnomasini berish;

Amir Temur haqida Venetsiya arxividagi haligacha chop etilmagan sirli ma’lumotlar

👉 ish haqini tasdiqlash haqidagi arxiv ma’lumotnomasini berish;

👉 arab alifbosida yaratilgan turkiy, forsiy va arabcha hujjatlardagi axborotlar bo‘yicha annotatsiya ma’lumotlarini tayyorlab berish;

👉 arxiv hujjatlari, kitoblar va qo‘lozmalarni raqamlashtirish (elektron nusxa olish).

Mazkur arxiv ma’lumotnomalarini berish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatilganligi uchun yig‘im undirilmaydi.