Bahodir Qurbonov samolyoti Orenburgdagi harbiy aerodromga qo‘ndi

O‘zbekiston mudofaa vaziri Bahodir Qurbonov “Markaz – 2019” harbiy mashg‘ulotini kuzatish uchun Orenburgga yetib keldi
Sputnik

TOShKENT, 20 sen – Sputnik. 19-sentabr kuni O‘zbekiston mudofaa vaziri general-mayor Bahodir Qurbonov “Markaz – 2019” strategik qo‘mondonlik-shtab o‘quvlarini kuzatish uchun Rossiya Federatsiyasining Orenburg shahriga yetib keldi.

Mudofaa vazirligi xabariga ko‘ra, O‘zbekiston mudofaa vazirligi harbiy samolyoti Orenburg shahridagi harbiy aerodromga kecha kechqurun qo‘ngan. Mehmonni Rossiya Federatsiyasi Markaziy harbiy okrugi qo‘shinlari qo‘mondonligi kutib olgan.

Bahodir Qurbonov samolyoti Orenburgdagi harbiy aerodromga qo‘ndi

Bu yilgi “Markaz – 2019” strategik qo‘mondonlik-shtab o‘quvlarida O‘zbekiston harbiy kontingenti ham ishtirok etmoqda. Ushbu mashg‘ulotda Markaziy Osiyo mintaqasida xalqaro terrorizmga qarshi kurashish vazifalarini hamkorlikda bajarish bo‘yicha kompleks mashqlar amalga oshiriladi. Unda O‘zbekiston vakillari Tojikiston harbiylari bilan birgalikda shartli ravishda o‘z milliy hududlarida harakat qiladi.

Kuch – birlikda: “Markaz – 2019” xalqaro harbiy o‘quv mashg‘ulotlariga start berildi

Eslatib o‘tamiz, harbiy mashg‘ulotlarning asosiy qismi 20-sentabr kuni Orenburg viloyatidagi “Donguz” poligonida o‘tkaziladi.