Shahnoza Mirziyoyeva Sergelidagi MTM ochilishida ishtirok etdi - foto

Sputnik

Toshkent shahri Sergeli tumanida Maktabgacha ta’lim vazirligi tomonidan "Baxtli bolalik" va "Bilimlar mamlakati" deb nomlangan ikkita davlat maktabgacha ta’lim tashkilotining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Sputnik O‘zbekiston muxbiri ham ishtirok etdi.

Yangi loyiha: O‘zbekistonda "bog‘cha avtobus"lari paydo bo‘ladi

Ushbu zamonaviy bog‘chalar Tumanning Qumariq hamda 5A dahasida joylashgan bo‘lib, shu paytgacha O‘zbekistonda faoliyat yuritgan bog‘chalardan tubdan farq qiladi. Ichkariga qadam qo‘yishingiz bilan, barchasi bolalar uchun, ular o‘zlarini baxtiyor his etishlari uchun puxta o‘ylanganligiga guvoh bo‘lasiz.

Yirik javonlar o‘rnini mobil modullar egallagan. O‘yin va o‘quv qurollari bolalar bo‘yi yetadigan joyda joylashgan. Guruhlar va koridorlarda nutq va yozish, bilimni rivojlantirish, ijod, qurilish, konstruksiyalash va mayetamatika, sujet o‘yinlari, kutubxona kabi ko‘plab rivojlantirish markazlari mavjud.

"Sergelida bir yo‘la ikkita MTM ochilishi yana 600 nafar bolalar sifatli maktabgacha ta’lim olish imkoniyatiga ega bo‘lishini anglatadi. Shuningdek, qisqa muddatli guruhlar ochilib, ularga 240 nafar bolalar qabul qilinadi", deya ta’kidladi ochilish marosimida nutq so‘zlagan Maktabgacha ta’lim vazirligi rahbari Agrippina Shin.

1 / 14
Sergeli tumanida ikkita davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti ochildi.
2 / 14
Ochilish marosimida MTV rahbari Agrippina Shin, MTV Maktabgacha ta’lim sohasi siyosatini shakllantirish va yuritish bosh boshqarmasi boshlig‘i Shahnoza Mirziyoyeva, "Nuroniy" jamg‘armasi respublika boshqaruvi raisi Shuhrat Jalilov va Toshkent shahar hokimining o‘rinbosari Davron Hidoyatov ishtirok etdi.
3 / 14
MTTlari Sergeli tumanining Qumariq turar joy mavzesida va 5A dahasida joylashgan. Yangi ochilgan ikkita maktabgacha ta’lim tashkilotlarining umumiy quvvati 840 nafar bolalarni tashkil etadi.
4 / 14
Ta’lim muhiti Koreya Respublikasining modeli negizida loyihalashtirilgan. Loyiha muallifi Shahnoza Mirziyoyeva.
5 / 14
Yangi maktabgacha ta’lim tashkilotlarini qurilishida standart loyihalardan voz kechilgan holda noodatiy dizayn va zamonaviy yechimlardan foydalanilgan.
6 / 14
MTMning bir oylik to‘lov puli bir bola uchun 186 ming so‘mni, ikki bola uchun - 132 ming so‘mni tashkil etadi.
7 / 14
Guruhlar keng, yorug‘ va shinam, hammasiga "topliy" pol qilingan.
8 / 14
O‘yin va o‘quv qurollari bolalar bo‘yi yetadigan joyda joylashtirilgan.
9 / 14
Musiqa zalida bolalar uchun musiqiy asbob-uskunalar, raqamli pianino, sahnadan tortib, grimm qiladigan xonagacha mavjud.
10 / 14
Qo‘l yuvadigan rakovina ham bolalar bo‘yi o‘lchamini hisobga olgan holda tayyorlangan.
11 / 14
Bolalar ovqatlanadigan joy.
12 / 14
Bolalar uchun polga tushsa ham sinmaydigan idishlar keltirilgan.
13 / 14
Zamonaviy bog‘chada bolalarning o‘zi ko‘ngliga yoqqan mashg‘ulotni tanlaydi.
14 / 14
Har bir detal ustida puxta o‘ylangan va bolalar uchun qulay o‘yin-o‘quv muhiti yaratilgan.