Samoga parvoz: “O‘zbekkosmos”ning maqsad va vazifalari belgilandi

Qarorda Agentlik o‘z faoliyatida mustaqil ekani va faqatgina Vazirlar Mahkamasiga bo‘ysunishi belgilab qo‘yilgan.
Sputnik

TOShKENT, 19 sen – Sputnik. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “Kosmik tadqiqotlar va texnologiyalar agentligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Hukumat qarori qabul qilindi.

Shavkat Mirziyoyev kosmos agentligini tashkil etdi

Qaror bilan Kosmik tadqiqotlar va texnologiyalar agentligi to‘g‘risidagi nizom hamda ushbu Agentlik tuzilmasi tasdiqlandi.

Qarorga muvofiq, Agentlik o‘z faoliyatida mustaqil bo‘lib, faqatgina Vazirlar Mahkamasiga bo‘ysunadi.

Qaror bilan tasdiqlangan nizomga ko‘ra, mazkur Agentlik kosmik tadqiqotlar va texnologiyalar sohasida yagona davlat siyosati va strategik yo‘nalishlarni ishlab chiqish va amalga oshirish uchun mas’ul davlat boshqaruvi organi hisoblanadi.

Agentlik bosh direktori va o‘rinbosarlari Hukumat qarori bilan lavozimga tayinlanadi va ozod etiladi.