Moskvada “O‘zbek filmlari haftaligi” bo‘lib o‘tadi

Moskva shahrida “O‘zbek kinosi kunlari” o‘tkaziladi. Unda “Kinoshok” festivalida bosh sovringa sazovor bo‘lgan “Issiq non” filmi ham namoyish etiladi.
Sputnik

TOShKENT, 19 sen — Sputnik. Moskva shahridagi kinomatografchilar uyida 1—5 oktabr kunlari “O‘zbek kinosi kunlari” o‘tkaziladi. Bu haqda “O‘zbekkino” Milliy agentligi xabar qildi.

Tadbir Rossiya madaniyat vazirligi, O‘zbekistonning Rossiyadagi elchixonasi, “O‘zbekkino”, “Festsinema” va “Dom kino” tomonidan tashkillashtirilmoqda. Filmlar namoyishiga kirish bepul bo‘ladi. 

“O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi o‘zaro aloqalar  ancha yillar oldin boshlangan. Bugungi kunga kelib, ikki davlat o‘rtasida diplomatik aloqalar va  do‘stlik rishtalari tobora mustahkamlanib bormoqda. Barcha sohalarda, ayniqsa, madaniyat va san’at sohasida hamkorligimiz izchil rivojlanmoqda”, - deyiladi xabarda.

Moskvada “O‘zbek filmlari haftaligi” bo‘lib o‘tadi

Haftalik davomida 14 ta o‘zbek filmi, jumladan, 4 ta hujjatli film namoyish qilinadi. Shuningdek, "Kinoshok” festivalida bosh sovrin – “Oltin novda”ga sazovor bo‘lgan “Issiq non” filmi ham namoyish etiladi.