Chilonzordagi ko‘chalardan biri 25-noyabrga qadar yopiladi

2019 yilning 19-sentabridan 25-noyabriga qadar poytaxtning Chilonzor tumanidagi Gavhar ko‘chasining bir qismi yopiladi.
Sputnik

TOShKENT, 19 sen – Sputnik. 2019-yilning 19-sentabridan 25-noyabriga qadar poytaxtning Chilonzor tumanidagi Gavhar ko‘chasining bir qismi, ya’ni “Olmazor” metro bekati ro‘parasidagi yo‘l qisman yopiladi.

Amir Temur ko‘chasida haydovchilar yo‘lovchilarni mensimayapti

Toshkent shahar hokimligining ma’lum qilishicha, harakat cheklanishi sababi metropolitenning Sergeli yo‘nalishi qurilishidir.

Avtotransport vositalari harakati aylanma yul orqali amalga oshiriladi. 

Shahar hokimligi keltirilgan noqulaylik uchun uzr so‘ragan.