Mobil qurilmalar 1-dekabrdan pulli asosda ro‘yxatga olinadi

O‘zbekiston hududida foydalanilayotgan, sotish yoki shaxsiy foydalanish uchun olib kiriladigan va ishlab chiqariladigan mobil qurilmalar ro‘yxatga olinadi.
Sputnik

TOShKENT, 18 sen – Sputnik. Hukumat qarori bilan “O‘zbekiston hududida foydalanilayotgan, sotish yoki shaxsiy foydalanish uchun olib kiriladigan va ishlab chiqariladigan mobil qurilmalarni ro‘yxatga olish tartibi to‘g‘risida”gi nizom tasdiqlandi.

Qarorga muvofiq, mobil qurilmalar:

- 2019-yil 1-noyabrgacha – ularni avtomatik tarzda mobil aloqa operatorlari tarmoqlariga ulash (aktivlashtirish) orqali bepul asosda;

O‘zbekistonda IMEI kodsiz telefonlardan foydalanish ta’qiqlanadi

- 2019-yil 1-noyabrdan – jismoniy shaxslar, import qiluvchilar va ishlab chiqaruvchi korxonalarning mobil qurilmalarni xalqaro o‘ziga xos identifikatsiya kodlari bo‘yicha ro‘yxatga olish tizimiga murojaat qilishi orqali bepul.

Ammo 2019-yil 1-dekabrdan esa pulli asosda ro‘yxatga olinadi.

Nizomga ko‘ra, mobil qurilmalarni ro‘yxatga olish Tizim operatori yoki Tizim ro‘yxatga oluvchisiga murojaat bo‘yicha amalga oshiriladi.

Avval ro‘yxatga olingan mobil qurilmalar qayta ro‘yxatga olinmaydi.