Dog‘istonda terakt uyushtirmoqchi bo‘lgan jangari qo‘lga olindi

“Islom davlati” terrorchilik uyushmasining 19 yoshli a’zosi maxfiy joydan juda kuchli portlash qurilmasini olishga urinayotgan paytda qo‘lga olingan.
Sputnik

TOShKENT, 18 sen - Sputnik. Dog‘istonda Rossiya Federal Xavfsizlik xizmati xodimlari respublika hududida terakt hujumini uyushtirmoqchi bo‘lgan “Islom davlati”* terrorchilik uyushmasi a’zosini qo‘lga oldi. Bu haqda RIA Novosti xabar qildi.

Moskvada “Islom davlati” tashkilotining ikki nafar homiysi qo‘lga olindi - video

Qayd etilishicha, qo‘lga olingan shaxs 2000-yilda tug‘ilgan va Rossiya fuqarosi.

Jangari Dog‘istonning Tarumov tumanidagi o‘rmon massivida yashirib qo‘yilgan juda kuchli qo‘lbola portlash qurilmasini olishga urinayotgan vaqtida qo‘lga olingan.

Aniqlik kiritilishicha, terrorchi huquqni muhofaza qilish organlari va mahalliy hokimiyat xodimlariga nisbatan teraktni amalga oshirishni rejalashtirgan.

*Rossiyada taqiqlangan tashkilot