O‘zbekiston va Tojikiston IIV hamkorlikni kuchaytiradi

Ikki davlat IIV vakillari terrorizm, ekstremizm, noqonuniy migratsiya, uyushgan jinoyatchilik va qidiruv faoliyati yuzasidan ikki tomonlama hamkorlikdagi ishlarning bugungi holati va kelajak istiqbollarini muhokama qildi.
Sputnik

TOShKENT, 17 sen – Sputnik. O‘zbekiston ichki ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari polkovnik Aziz Anvarovich Toshpulatov boshchiligidagi IIV ishchi guruhi hamkorlikni mustahkamlash maqsadida Tojikiston Respublikasiga tashrif buyurdi.

IIV xabariga ko‘ra, O‘zbekiston va Tojikiston Ichki ishlar vazirliklari o‘rtasidagi Muvofiqlashtiruvchi ishchi guruhining yig‘ilishi o‘tkazilgan.

O‘zbekiston va Tojikiston harbiylari Namanganda "terrorchilarni yo‘q qiladi"

Tadbir doirasida ikki davlat IIV  vakillari tomonidan terrorizm, ekstremizm, noqonuniy migratsiya, uyushgan jinoyatchilik va qidiruv faoliyati yuzasidan ikki tomonlama hamkorlikdagi ishlarning bugungi holati va kelajak istiqbollari, shuningdek, narkotik vositalar, psixotrop moddalar va prekursorlarning noqonuniy aylanmasiga qarshi kurashish yo‘nalishida tomonlarning o‘zaro hamkorligi, ularni mukammallashtirish yo‘llari, yig‘ilish yakunini umumlashtirish masalalari hamda Muvofiqlashtiruvchi ishchi guruhning navbatdagi yig‘ilish kuni va joyi muhokama qilindi.

Yig‘ilish yakunida tomonlar kelishuv hujjatini imzoladilar.

Shuningdek, Tojikiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri militsiya general-polkovnigi Rahimzoda Ramazon Hamro Aziz Toshpulatovni qabul qildi.