TOShKENT, 17 sen - Sputnik. Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida o‘zbekistonlik jasadi topilgani yuzasidan rasmiy ma’lumot berildi.
TIV xabarida qayd etilishicha, mamlakatning Sankt-Peterburg shahridagi Bosh konsulxonasi 2019-yilning 14-sentabr kuni shahardagi ovqatlanish punktlaridan birining omborida O‘zbekiston fuqarosi B.X.ning jasadi topilgani to‘g‘risida qator OAVlar tarqatgan xabarni tasdiqlagan.
Politsiya o‘limga pichoqdan olingan jarohat sabab bo‘lganini ma’lum qilgan. Ayni paytda tergovgacha bo‘lgan tadbirlar olib borilmoqda.
Ta’kidlanishicha, Bosh konsulxona vaziyatni nazoratga olgan va Sankt-Peterburg shahrining tergov organlari bilan doimiy aloqa o‘rnatgan. Shuningdek, marhumning jasadini vatanga yuborish bilan bog‘liq konsullik-huquqiy va tashkiliy masalalar bilan shug‘ullanmoqda.