“Tolibon” AQSh bilan muloqotni davom ettirishga tayyorligini ma’lum qildi

Bir necha kun ilgari AQSh prezidenti Donald Tramp Kobulda bo‘lib o‘tgan terakt tufayli “Tolibon” vakillari bilan bo‘lib o‘tishi kerak bo‘lgan uchrashuvini bekor qilgan edi.
Sputnik

TOShKENT, 16 sen — Sputnik. Toliblar Moskvada bo‘lib o‘tgan uchrashuvda AQSh bilan muloqotni davom ettirishga tayyor ekanliklarini ma’lum qilishdi. Bu haqda Rossiya prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili, Ikkinchi Osiyo departamenti rahbari Zamir Kabulov RIA Novostiga ma’lum qilgan.

Toshkentda “Tolibon” harakati vakillari bilan uchrashuv o‘tkazildi

Ta’kidlanishicha, AQSh va “Tolibon” harakati o‘rtasidagi yangi uchrashuvining sanasi belgilanmagan.

“Ular amerikaliklar bilan bunday muzokalarlarga tayyor ekanliklarini tasdiqlashdi”, - dedi Kabulov.

Kabulovning so‘zlariga ko‘ra, maslahatlashuvlar chog‘ida keyinchalik “Tolibon” harakatidan sanksiyalarni olib tashlash masalasi muhokama qilinmagan.

Serenko: AQShning toliblar bilan muzokaralarni to‘xtatishi butun Markaziy Osiyoga ta’sir qiladi

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Afg‘onistonning radikal harakati “Tolibon” vakillari Moskvaga kelishgani va Rossiya tashqi shlar vazirligida “Tolibon” delegatsiyasi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tgani xabar qilingan edi.

Bir necha kun ilgari AQSh prezidenti Donald Tramp Kobulda bo‘lib o‘tgan terakt tufayli “Tolibon” vakillari bilan bo‘lib o‘tishi kerak bo‘lgan uchrashuvini bekor qilgan edi.