TOShKENT, 16 sen - Sputnik. Saudiya Aarbistoni neft qazib olish hajmini kamaytirishi tufayli neft narxi 10%ga oshdi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.
Xususan, bugun ertalab Brent markali neft narxi 9,96 %ga o‘sib, barreliga 66,22 dollarni tashkil qilgan, WTI markali xom ashyo esa – 8,61 %ga o‘sib 59,22 dollarni tashkil qilgan.
Neft qazib olishni tkamaytirish haqidagi qarorni Saudiya energetika vaziri Abdulaziz bin Salmon tomonidan qabul qilingan. Vazir aytishiga qargandan kunlik neft qazib olish hajmi o‘rtacha 50%ga kamaytirilgan. Buning oqibatida etan va boshqa tabiiy gaz qazib olish miqdori ham 50% ga kamaygan.
Ayni damda eng yirik bo‘lgan “Bikayk” va “Xirays” neft konlarida neft qazib olish vaqtincha to‘xtatilgan. Ushbu davr mobaynida buyurtmachilarga neft rezerv omborxonalardan yetkazib beriladi, deyilgan xabarda.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan shanba kuni tong soat 04:00 da Saudi Aramco - milliy neft kompaniyasiga tegishli bir necha yirik neft qazib olish konlariga dronlar hujum qilgani haqida xabarlar paydo bo‘lgan edi. OAVlar xabariga ko‘ra, ushbu hujumlar uchun javobgarlikni Yaman muxolifatchilari o‘z zimmasiga olgan.