TOShKENT, 16 sen — Sputnik. Samarqandning Paxtachi tumanidada fuqaro MIB xodimini tayoq bilan kaltakladi.
Bosh prokuratura xabariga ko‘ra, 13-sentabr kuni MIB Paxtachi tuman bo‘limi xodimlari Hunarmand mahallasida joylashgan xususiy korxonaga o‘zboshimchalik bilan elektr tarmog‘iga ulanib olganligi holatini tekshirish maqsadida borgan vaqtda N.R. (1991 y.t, ayol) MIB xodimlarining faoliyatiga qarshilik ko‘rsatib, ularni haqorat qilib, tayoq bilan B.U.ni tanasining turli qismlariga urgan. Shuningdek, F.X.ning qo‘lidan dalolatnomani tortib olib, ularni yirtib, yoqib yuborgan.
Mazkur holat yuzasidan tuman prokuraturasi tomonidan N.R. ga nisbatan JKning 140-moddasi 3-qismi “a” bandi, 219-moddasi 2-qismi va 227-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Tergov harakatlari davom etmoqda.