Shavkat Mirziyoyev Farg‘onada nima ishlab chiqarish mumkinligini aytdi

Marg‘ilon va Qo‘qon shaharlariga 3-yil ichida 1 milliard 354 million dollar imtiyozli kreditlarni yo‘naltirish rejalashtirilgan.
Sputnik

TOShKENT, 14 sen – Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun Farg‘ona viloyatiga tashrif buyurib Qo‘qon va Marg‘ilon shaharlarini rivojlantirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.

Shavkat Mirziyoyev Farg‘onada nima ishlab chiqarish mumkinligini aytdi
Shavkat Mirziyoyev Farg‘onada nima ishlab chiqarish mumkinligini aytdi

Shavkat Mirziyoyev uy-joylar qurilishiga oid loyihalarni qayta ko‘rib chiqish, Qo‘qon va Marg‘ilon shaharlarini rivojlantirish bo‘yicha besh yillik reja qilish zarurligini ta’kidladi.

- Avvalo, qayerda qiyinchilik borligini o‘rganish, odamlarning fikrini olish kerak, - dedi Prezident. - Aholi qachon qaysi hududda qurilish bo‘lishini bilsin. Uy-joy bilan ish o‘rinlari mutanosib bo‘lishi zarur. Farg‘onaliklarning hunarmandchilik an’analari, hudud imkoniyatlarini inobatga olib, charm-poyabzal, chinni, zargarlik buyumlari ishlab chiqarish va boshqa turdagi korxonalar tashkil etish mumkin, - dedi prezident.

Shuningdek Shavkat Mirziyoyev “Qo‘qon” erkin iqtisodiy zonasiga tashrif buyurib u yerda investitsiyalar jalb o‘tish bo‘yicha loyihalar taqdimoti bilan tanishdi.

Xususan, Marg‘ilon va Qo‘qon shaharlariga kelayotgan 3-yilda xalqaro moliya institutlarining 1 milliard 354 million dollarlik imtiyozli kreditlari yo‘naltirish rejalashtirilgan. Bu mablag‘ uchta yo‘nalishda – sanoat va tadbirkorlikni rivojlantirish, infratuzilma obyektlarini modernizatsiya qilish hamda ko‘p qavatli uy-joylar qurish sohalarida o‘zlashtirilishi ko‘zda tutilgan.