Toshkentda YPX inspektori xizmat avtomobilida piyodani urib yubordi

Internet tarmog‘ida tarqalayotgan xabarga ko‘ra, Toshkent shahar IIBB xodimi o‘z avtomobilida harakatlanib borgayotganida YTH sodir bo‘lgan, uning natijasida jabrlangan piyoda esa hayotdan ko‘z yumgan. Idora bu xabar haqiqatdan yiroq ekanligini ma’lum qildi.
Sputnik

TOShKENT, 13 sen – Sputnik. Toshkentda YPX inspektori xizmat avtomobilida piyodani urib yubordi, jabrlanuvchi shifoxonaga yotqizildi.

YPXdan qochgan "Damas" haydovchisi 15 sutkaga qamaldi

Toshkent shahar IIBB xabariga ko‘ra, 12-sentabr kuni taxminan soat 8.00 da Chilonzor tumani Bunyodkor ko‘chasida YPX inspektori kichik serjant B.K. “Lasetti” rusumli xizmat avtomobilida o‘z xizmat vazifalarini bajarish davomida, belgilanmagan joydan yo‘lni kesib o‘tayotgan piyodani urib yuborgan. Natijada xodim boshqaruvni yo‘qotib, yo‘l chetida turgan, 48 yoshli Zafar U.ga tegishli bo‘lgan “Lasetti” rusumli avtomobilga to‘qnashgan.

“YTH natijasida 46 yoshli Zafar A. tan shikastlari bilan tibbiy yordamga murojaat qilgan. Hozirgi vaqtda shifokorlar uning holatini qoniqarli deb baholamoqdalar”, - deyiladi xabarda.

Ushbu fakt bo‘yicha IIBB xodimiga nisbatan olib borilayotgan xizmat tekshiruvi davomida YTH sababi aniqlanadi.