Toshkent-Andijon yo‘lovchi poyezdining to‘xtab qolishiga izoh berildi

13 sentabr kuni "Toshkent – Andijon" yo‘nalishida harakatlanayotgan №60-sonli yo‘lovchi poyezdi Angren vokzalida 50 daqiqa to‘xtab qolgan.
Sputnik

TOShKENT, 13 sen – Sputnik. “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ Toshkent - Andijon yo‘lovchi poyezdining to‘xtab qolishiga izoh berdi.

Kompaniya matbuot xizmati xabarida qayd etilishicha, 13-sentabr kuni soat 09:25 da tashqi elektr tarmog‘ida yuzaga kelgan nosozlik tufayli ushbu yo‘nalishida harakatlanayotgan №60-sonli yo‘lovchi poyezdi Angren vokzalida 50 daqiqa to‘xtab qolgan.

“Ko‘rilgan chora-tadbirlar tufayli, yuzaga kelgan nosozlik bartaraf qilinib, temir yo‘lga yetkazib berilayotgan energiya ta’minoti tiklandi”, - deyiladi xabarda.

Ayni daqiqada elektropoyezdlarning muntazam harakati yo‘lga qo‘yilgan.