O‘zbekistonning asosiy moliyaviy hujjati muhokamaga qo‘yildi

Moliya vazirligi mamlakatning asosiy moliyaviy hujjatini muhokamaga qo‘ydi. Qonun loyihasida tashqi davlat qarzining “chegara” miqdori belgilandi.
Sputnik

TOShKENT, 13 sen – Sputnik. Moliya vazirligi O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil davlat budjeti to‘g‘risida va 2021-2022 yillarga budjet yo‘nalishlari to‘g‘risidagi qonun loyihasini tayyorladi.

Ta’lim, davlat buyurtmasi va tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt – hukumat qarori

Qonun loyihasida tashqi davlat qarzining “chegara” miqdori belgilandi. Hozirga aniq raqamlar yo‘q.

Maqsadli dasturlarni amalga oshirish uchun davlat nomidan yangi tashqi qarzlarning ruxsat etilgan miqdorlari chegaralangan.

Hozircha yagona qaram qonun loyihasiga kiritilgan - Vazirlar Mahkamasining zaxira jamg‘armasining hajmi 620 milliard so‘mni tashkil etadi.

Loyihada zaxira jamg‘armalarining mablag‘lari kutilmagan va shoshilinch ishlarni, qo‘shimcha xarajatlarni, O‘zbekiston Respublikasi budjet tizimi budjetlarini shakllantirish paytida bo‘lmagan, shuningdek, ijtimoiy-iqtisodiy inqiroz holatlarida rejalashtirish imkoniyatini moliyalashtirish uchun foydalanilishi belgilangan.

Shu bilan birga qonun loyihasida yangi tajribani joriy etish ko‘zda tutilgan - Toshkentni qurish, ta’mirlash va obodonlashtirish xarajatlari shahar budjeti hisobidan qoplanadi.

Hujjat 27-sentabrgacha muhokama qilinadi.