Mashhur avtobloger Erik Davidich O‘zbekistonga kelmoqda

Rossiyalik mashhur avtobloger o‘z test-drayv shousining yangi seriyasini Toshkentda suratga oladi.
Sputnik

TOShKENT, 12 sen - Sputnik. Rossiyalik avtobloger test-drayv shousining yangi seriyasini Toshkentda suratga oladi. Bu haqida bloger Instagramda xabar qildi.

“Biz ertaga qaysi mamlakatga uchamiz kim biladi? To‘g‘ri, O‘zbekiston. U yerda biz yangi D3 formatda ko‘rsatuv suratga olamiz”, - deyilgan bloger xabarida.

Erik Davidich  O‘zbekistonda sinovdan o‘tkazish uchun qaysi avtomobilni tanlagani hozircha ma’lum emas. Rossiyada Erik Davidich stritreyser va videobloger hamda smotra.ru saytining asoschisi sifatida tanilgan. Davidich shuningdek GIBDD xodimlari orasida poraxo‘rlikka qarshi kurashuvchi kishi sifatida ham tanilgan.