TOShKENT, 12 sen – Sputnik. Rossiyaning Yekaterinburg shahrida bo‘lib o‘tayotgan Jahon chempionatida - 63 kg vazn toifasida O‘zbekiston sharafini himoya qilayotgan Elnur Abduraimov ilk jangini muvaffaqiyatli o‘tkazdi. Bu haqda O‘zbekiston boks federatsiyasi xabar qildi.
Elnur birinchi raqibi jazoirlik Reda Benbazizni katta ustunlik bilan yengdi. Hisob o‘zbekistonlikning foydasiga 5:0 deb qayd etildi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq 52 kg vazn toifasida O‘zbekiston sharafini himoya qilayotgan bokschi Shahobiddin Zoirov birinchi jangini turkmanistonlikka qarshi o‘tkazib, raqibini katta ustunlik (5:0) bilan mag‘lubiyatga uchratgani xabar qilingan edi.
Rossiyaning Yekaterinburg shahrida boks bo‘yicha Jahon chempionati 8-sentabrdan 21-sentabrga qadar bo‘lib o‘tadi.