Sirdaryoda paxta teruvchilar uchun "Hasharchilar shaharchasi" tashkil etildi

2019 yilgi terim mavsumida Sirdaryoda 90ta hasharchilar shaharchalari quriladi. Keyingi yildan boshqa viloyatlarda ham shunday shaharlar barpo etilishi mumkin.
Sputnik

TOShKENT, 11 sen – Sputnik. Sirdaryoda paxta teruvchilar uchun hasharchilar shaharchasi qurildi, deb xabar qilmoqda Mehnat vazirligi matbuot xizmati.

Sirdaryoda paxta teruvchilar uchun "Hasharchilar shaharchasi" tashkil etildi

Hasharchilar shaharchasi yoki eksperimental namunadagi dala markazi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 3-avgustdagi qaroriga asosan Sirdaryo viloyati Boyovut tumanida tashkil etilgan.

Sirdaryoda paxta teruvchilar uchun "Hasharchilar shaharchasi" tashkil etildi

Shaharchada paxta terimiga jalb etilgan hasharchilar yashashi va hordiq chiqarishi uchun barcha sharoitlar yaratilgan. Xususan u yerda yotoqxona, dam olish xonasi, ovqatlanish uchun stol stullar, tibbiyot xonasi, issiq suvli dush, hojatxona va boshqa sharoitlar mavjud. Shaharcha 400 kishiga mo‘ljallangan.

Sirdaryoda paxta teruvchilar uchun "Hasharchilar shaharchasi" tashkil etildi

2019 yilgi terim mavsumida hasharchilar shaharchalari faqat Sirdaryo viloyati bo‘ylab tashkil qilinadi. Umumiy hisobda 90ta ana shunday shaharcha tashkil qilish rejalashtirilgan. Keyingi yildan boshqa viloyatlarda ham shunday shaharlar barpo etilishi mumkin, deyilgan xabarda.