MIB xodimiga yana hujum qilindi

Farg‘ona viloyati Quva tumanida MIB xodimi kaltaklandi.
Sputnik

TOShKENT, 11 sen – Sputnik. Bosh prokuratura matbuot xizmati Farg‘ona viloyati Quva tumanida MIB xodimiga qarshilik ko‘rsatilgani holati yuzasidan xabar qildi.

Yana bir MIB xodimi do‘pposlandi

Xabarda aytilishicha, MIB Quva tuman bo‘limi davlat ijrochisi O‘.T (1997 y.t.) qarzdor M.X. dan (1986 y.t.) aliment undirish haqidagi qaror ijrosini ta’minlash maqsadida uning yashash xonadoniga borganda, u MIB xodimining faoliyatiga faol qarshilik ko‘rsatib, temir jism bilan uning oyog‘iga urib, tan jarohati yetkazgan.

Mazkur holat yuzasidan 10.09.2019 yilda tuman prokuraturasi tomonidan M.X. ga nisbatan JKning 219-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Tergov harakatlari davom ettirilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan haftada aliment to‘lovlaridan qarzdor M.M.(1990 y.t.) MIBning Rishton tuman bo‘limi davlat ijrochisi M.O.ni haqorat qilib, qonuniy talablariga bo‘ysunmasdan faol qarshilik ko‘rsatgan va urib tan jarohati yetkazgan. Mazkur holat yuzasidan tuman prokuraturasi tomonidan  JKning 219-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.