TOShKENT, 11 sen – Sputnik. Buyuk Britaniya harbiy-havo kuchlariga qarashli radio razvedka samolyoti Rossiyaning shimoliy-g‘arbiy chegarasi yaqinida parvoz amalga oshirdi. Bu haqda RIA Novosti PlaneRadar’ga asosan xabar qildi.
Xabarda aytilishicha, Boeing RC-135W samolyoti uchta Boltiq respublikasi hududi ustidan Leningrad va Pskov viloyati chegaralari yaqinida parvozni amalga oshirdi.
Keyinchalik razvedka samolyoti janub tomon parvoz qilgan va Polsha hududi – Belarus va Kaliningrad viloyati chegaralari yaqinida uchgan.
Kechqurun samolyot o‘z missiyasini yakunlab, aerodrom tomon parvoz qilgan.
Oxirgi vaqtlarda xorijiy uchuvchisiz qurilma va razvedka samolyotlari Rossiya chegaralari yaqinida tez-tez paydo bo‘lmoqda.
Ular Qora dengiz, Kaliningrad viloyati, shuningdek Suriyadagi Rossiya harbiy bazasi yaqinida ko‘rishmoqda.