Zulfiqor Musoqov Rossiyada bosh sovrin olgan o‘zbek kinochilarini tabrikladi

Taniqli o‘zbek rejisseri Zulfiqor Musoqov “Kinoshok”da bosh sovrin olgan Umid Hamdamov va aktrisa Feruza Saidovalarni tabrikladi.
Sputnik

TOShKENT, 10 sen – Sputnik. O‘zbekistonning eng atoqli rejisserlaridan biri Zulfiqor Musoqov, Rossiyaning Anapa shahrida bo‘lib o‘tgan kinofestivalda bosh sovrinni qo‘lga kiritgan o‘zbekistonlik kinochilarni tabrikladi.

Rossiyadagi kinofestivalda O‘zbekiston filmi Gran Pri sohibi bo‘ldi

“Yosh hamkasabam Umid Hamdamovni bosh sovrin bilan va aktrisamiz Feruza Saidovani – “Issiq non” filmida ijro etilgan eng yaxshi ayol aktrisa sovrini bilan chin yurakdan tabriklayman. O‘zimizning “O‘zbekfilm” studiyasi bilan mag‘rurlanaman, Uraa!!!  Ular haqiqiy, ta’magir emas! Yangi ishlaringizda omad tilayman!”, - deb yozgan rejisser.

Eslatib o‘tamiz, 1-8 sentabr kunlari Anapada bo‘lib o‘tgan “Kinoshok” festivalida o‘zbekistonlik rejisser Umid Hamdamovning “Issiq non” filmi bosh sovringa sazovor bo‘lgan edi. Undan tashqari film kompozitori Toir Qo‘ziyev eng yaxshi film kompozitori sovriniga ham ega bo‘lgan edi.