TOShKENT, 10 sen – Sputnik. Qozog‘istonda 11 nafar pedofil kimoviy kastratsiya qilishga hukm qilindi. Bu haqda Sputnik Qozog‘iston xabar qildi.
Xabarda aytilishicha, hozirgi vaqtda bu chora ikki kishiga nisbatan qo‘llanilmoqda.
“Sudning kimoviy kastratsiya shaklida tibbiy majburlov chorasini qo‘llash to‘g‘risidagi sud hukmi bilan 2018-yil 1-yanvardan boshlab 11 nafar mahkum kastratsiya qilishga hukm qilindi. Hozirgi vaqtda protsedura ikki mahkumga nisbatan amalga oshirilmoqda”.
Sud-psixiatrik ekspertiza natijalariga ko‘ra sud qaroriga ko‘ra kimoviy kastratsiya qilinadi. Bu chora voyaga yetmagan shaxslar jinsiy daxlsizligiga qarshi jinoyat sodir etgan, 18 yoshdan katta bo‘lgan shaxslarga nisbatan qo‘llaniladi.
Kimoviy kastratsiyaga qancha mablag‘ ajratildi
Qozog‘istonda voyaga yetmaganlarning jinsiy daxlsizligiga qarshi jinoyatlar sodir etganlik uchun qamoq jazosiga hukm qilingan shaxslarni kimoviy kastratsiya qilish uchun 2018-yil 1-yanvardan ruxsat berildi.
O‘tgan yili budjetdan 9 million 629 ming tenge (taxminan 25 ming dollar) ajratilgan. Kimoviy kastratsiya qilinadiganlar yo‘qligi sababli, mablag‘lar budjetga qaytarildi.
Sog‘liqni saqlash vazirligining tibbiy yordamni tashkil etish boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2019-yilda 11 million 038 ming tenge (28 ming dollar) ajratilgan.
Budjet buyurtmalariga ko‘ra, viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmalari 2019-yil uchun 88 bemor, 2020-yilda 71 bemor kimoviy kastratsiyasi uchun moliyaviy mablag‘ ko‘zda tutilgan.