Ferguson Nurmagomedov bilan jang qilishga tayyor: bellashuv qachon bo‘ladi

Amerikalik jangchi Toni Ferguson jangni dekabrda o‘tkazishni xohlayotganini aytdi.
Sputnik

TOShKENT, 10 sen – Sputnik. Amerikalik aralash yakkakurash bo‘yicha jangchi Toni Ferguson rossiyalik Habib Nurmagomedov bilan UFC 245 musobaqasi dekabrda jang qilishga tayyorligini ma’lum qildi. ESPN xabariga asosan.

UFC rahbari Habib Nurmagomedovning keyingi raqibi kim bo‘lishini aytdi

“Bilasizmi? Men unga hozir qo‘ng‘iroq qilmoqdaman. Buni dekabrda qilishimiz kerak. Biz Habibga hamma chizburgerlar va boshqasini yeyishiga imkon beramiz. Hozircha zavq old, biroq semirib ketma. Sen uchun bir narsam bor. Men kutapman. Dekabr oyida jang qilmoqchiman, yiliga bir marta jang qilishdan charchadim”, - deb ta’kidladi amerikalik jangchi.

Eslatib o‘tamiz, 7-sentabr Abu-Dabida bo‘lib o‘tgan jangda rossiyalik aralash yakkakurashchi Habib Nurmagomedov Dastin Puarye ustidan g‘alaba qozondi. Habib Nurmagomedov biror marta ham yengilmagan jangchi hisoblanadi.