Qozog‘istondagi ayanchli YTHda 3 nafar o‘zbekistonlik qurbon bo‘ldi

Bosh konsulxona vaziyatni nazoratga olgan, huquqni muhofaza qiluvchi organlar va tibbiyot muassasa bilan tezkor aloqa o‘rnatgan.
Sputnik

TOShKENT, 9 sen - Sputnik. Qozog‘istondagi ayanchli YTHda 3 nafar o‘zbekistonlik qurbon bo‘ldi.

Moskvada o‘zbekistonlik talaba komaga tushib qolgani tasdiqlandi

TIV xabariga ko‘ra, 8-sentabr kuni Qozog‘istonning Turkiston viloyati hududida Chimkent-Samara avtotrassasida yo‘l-transport hodisasi ro‘y bergan. Unda 4 odam jabrlangan.

“2 nafar ayol M.U. va M.M. voqea joyida, Z.S. esa kasalxonada vafot etdi. Davlat raqami 40R988QA bo‘lgan “Nexia” avtomashinasi haydovchisi M.U. O‘rdabasi tumani tez yordam shifoxonasining reanimatsiya bo‘limiga joylashtirilgan”, - deyiladi xabarda.

YTH bo‘yicha jinoiy ish ochilib, tergov olib borilmoqda.

Bosh konsulxona vaziyatni nazoratga olgan, huquqni muhofaza qiluvchi organlar va tibbiyot muassasa bilan tezkor aloqa o‘rnatgan hamda marhumlarning jasadlarini vatanga yuborish bo‘yicha konsullik-huquqiy va tashkiliy masalalar bilan shug‘ullanmoqda.