Xitoy astronomlari kosmosdan sirli signallarni qayd etishdi

Xitoylik astronomlar tezlik bilan qaytarilayotgan signallar kelayotgan manbani aniqlashdi.
Sputnik

TOShKENT, 9 cyen – Sputnik. Xitoylik astronomlar tez takrorlanadigan signallar kelgan manbani aniqlashdi. Bu haqda RIA Novosti Sinxua yangiliklar agentligiga asosan xabar qildi.

Buyuk Britaniyada “osmondan tushgan” sirli jonzod topildi - foto

Ta’kidlanishicha, manba Yerdan uch milliard yorug‘lik yili masofada joylashgan bo‘lishi mumkin. "Tez radio to‘lqinlari" dunyodagi eng katta FAST radio teleskop yordamida aniqlandi. Signallar bir necha millisekundgacha davom etadigan radio impulslar ko‘rinishida namoyon bo‘ldi. Hozircha olimlar buning sababini tushuntirib bera olishmayapti.

Avgust oyi oxiridan sentabrgacha ushbu qurilma yuzdan ortiq shunday radio to‘lqinlarni aniqladi. Hozir ular mutaxassislar tomonidan o‘rganilmoqda.

FAST teleskopi Xitoyning janubiy Guychjoy provitsiyasining tog‘larida joylashgan.