Tramp prezident saylovidagi raqiblarini “uchta tentak” deb atadi

AQSh prezidenti Donald Tramp 2020-yil prezident saylovlari oldidan o‘z raqiblarini tanqid qildi.
Sputnik

TOShKENT, 9 cyen – Sputnik. AQSh prezidenti Donald Tramp 2020-yil prezident saylovlari oldidan o‘tkazilgan respublika praymerizida o‘z raqiblarini tanqid qildi.

Tramp Apple kompaniyasini Xitoydan ketishga chaqirdi

Janubiy Karolina shtati sobiq gubernatori Mark Senford respublikachilar partiyasidan prezident saylovlarida uchinchi nomzod bo‘ldi. Shu yil fevral oyida Massachusets sobiq gubernatori Bill Ueld va avgust oyida sobiq kongressmen-respublikachi Jo Uolsh o‘z nomzodini ilgari surdi.

“Endi dadil bo‘ling, u (Senford) qaytdi va AQSh prezidenti saylovlariga o‘z nomzodini qo‘ydi. Uchta tentak (Sendford, Ueld va Uolsh) o‘ta ketgan omadsizlar... o‘z baxtini sinab ko‘radi”, - deb yozdi Tramp Twitter sahifasida.

Ayni paytda yana 20 ga yaqin odam AQSh Demokratik partiyasidan yagona nomzodni ilgari surish uchun kurashni davom etmoqda. Ularning orasida bir necha oy davomida Jo Bayden yetakchilik qilmoqda. Agar vaziyat 2020-yil fevral-iyun oylarida bo‘lib o‘tadigan dastlabki partiyaviy saylovlar natijasida o‘zgarmasa, Bayden amaldagi respublikachi prezident Donald Trampning raqibi bo‘ladi.

AQShda prezident saylovi 2020-yil 3-noyabrda bo‘lib o‘tadi.