Emomali Rahmon Rog‘un GESning ikkinchi agregatini ishga tushirdi

Tojikistonda Davlat mustaqilligi kunida Rog‘un GESning ikkinchi agregatini ishga tushirish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Sputnik

TOShKENT, 9 sen — Sputnik. Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon Rog‘un GESning ikkinchi agregatini ishga tushirish marosimida ishtirok etdi. Bu haqda Sputnik Tojikiston xabar qildi.

Tetelmin: Rog‘un GES barcha Markaziy Osiyo mamlakatlariga ta’sir ko‘rsatadi

Rog‘un GESning ikkinchi agregatini ishga tushirish marosimida mamlakat rahbariyati, hukumat a’zolari, diplomatik missiyalar rahbarlari, Tojikistonda akkreditatsiyadan o‘tgan xalqaro tashkilotlar hamda Rog‘un quruvchilari ishtirok etishdi.

Tojikiston moliya vazirligining ma’lumotlariga ko‘ra, joriy yilda Rog‘un gidroelektrostansiyasini qurish uchun davlat budjetidan 2,1 milliard somoni (222,6 million dollar) ajratilgan.

Emomali Rahmon Rog‘un GESini qurgan quruvchilarga davlat mukofotlarini topshirdi

Eslatib o‘tamiz, Rog‘un gidroelektrostansiyasining birinchi agregati 2018-yil 16-noyabrda ishga tushirilgan edi.