Birinchi elektrobus Toshkent yo‘llariga chiqdi

Birinchi elektrobus Toshkent yo‘lovchilariga kelgusi haftadan xizmat ko‘rsata boshlaydi. U 20-25 km masofani bosib o‘tishi mumkin, quvvat olish vaqti esa - 6-8 daqiqaga teng.
Sputnik

TOShKENT, 8 sen – Sputnik. Kecha 7-sentabr kuni Toshkentda birinchi elektrobus yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsata boshladi, de xabar qilmoqda “Toshshahartransxizmat” AJ matbuot xizmati.

“Ushbu transport vositasi bugun poytaxt yo‘llariga olib chiqildi. Uning birinchi yo‘lovchilari jamiyat rahbariyati hamda ommaviy axborot vositalari vakillari bo‘ldi. Elektrobus qatnovi shahar markazida amalga oshiriladi. Elektrobas kelasi hafta yo‘lovchilarga xizmat qila boshlaydi”, - deyilgan xabarda.

Elektrobasning texnik imkoniyatlarini o‘rganish, shunga muvofiq biriktiriladigan yo‘nalishni belgilash maqsadida belorus hamda jamiyat mutaxassislari ilk kuzatuvni amalga oshirdilar.

E420 “Vitovt Elektro” rusumli elektrobas bir martalik quvvat bilan 20-25 kilometr atrofida masofa bosib o‘tadi. Quvvat olish vaqti esa 6-8 daqiqaga teng. O‘rtacha 90 ta yo‘lovchi olib yurish imkoniyatiga ega.

Birinchi elektrobus Toshkent yo‘llariga chiqdi

Eslatib o‘tamiz, bir necha kun oldin “Toshshahartransxizmat AJ va ”Belarusning «Belkommunmash» kompaniyasi o‘rtasidagi o‘zaro memorandumga asosan poytaxt jamoat transporti harakat tarkibida elektrobuslarni sinov tariqasida yurgizish maqsadida bir dona ana shu turdagi transport vositasi Toshkent shahriga keltirilgan edi.