Samarqand xalqaro aeroportini kengaytirish ishlari boshlandi

Yangi aerovokzal esa barcha xalqaro talablarga javob beradigan, soatiga 600 yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatadigan bo‘ladi.
Sputnik

TOShKENT, 7 sen - Sputnik. Samarqand xalqaro aeroportini rekonstruksiya qilish ishlari boshlandi, deb xabar berdi Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi matbuot xizmati.

Shveysariya kompaniyasi Toshkentdagi yangi aeroport terminalini quradi

"6 sentabr kuni Samarqand xalqaro aeroportining turargohi hamda uchish-qo‘nish yo‘lagini rekonstruksiya qilish ishlari boshlandi", - deyiladi xabarda.

Mazkur rekonstruksiya ishlari Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi tizimidagi korxonalar tomonidan amalga oshirilmoqda. Keng ko‘lamdagi bu ishlarga 150 dan ortiq transport va texnika vositalari jalb etilgan.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Prezidenti joriy yil 26-iyul kuni Samarqand shahriga tashrifi chog‘ida Samarqand xalqaro aeroportini rivojlantirishga oid rekonstruksiya loyihasi bilan tanishgan edi.

Samarqand xalqaro aeroportini kengaytirish ishlari boshlandi

Bu yerda yana bir terminal qurish, uchish-qo‘nish yo‘lagini rekonstruksiya qilish, samolyotlar turargohini kengaytirish, radiolokatsiya tizimlarini takomillashtirish rejalashtirilgan. Yangi aerovokzal esa barcha xalqaro talablarga javob beradigan, soatiga 600 yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatadigan bo‘ladi.