Salomatlikka ziyon yetkazmasdan qancha tuz iste’mol qilish mumkin - olimlar tadqiqoti

Tuzni meyorida iste’mol qilish insonning yurak-qon tomir tizimiga ko‘p salbiy ta’sir qilmaydi.
Sputnik

TOShKENT, 6 sen – Sputnik. Tuzni meyorida iste’mol qilish inson yurak-qon tomir tizimiga ko‘p salbiy ta’sir qilmaydi. Bu haqda Yevropa kardiologlar uyushmasi hisobotida aytilgan. RIA Novosti xabariga asosan.

Olimlar erta o‘lim xavfini oshiradigan ichimliklarni aniqladi

“Tadqiqotlarimiz natijalari tuzni iste’mol qilish va yurak-qon tomir kasalliklari yoki o‘lim o‘rtasidagi bog‘liqlikni o‘rgangan ko‘pgina ilmiy izlanishlarga to‘liq mos keldi, shuningdek ular ozgina tuzning zararli ekanligi haqidagi keng tarqalgan salbiy fikrni qo‘llab-quvvatlamaydi", - dedi Kanadagi Makmaster universiteti professori Salim Yusuf.

Uning so‘zlariga ko‘ra, kuniga 6 grammdan ortiq tuz iste’mol qilish salomatlikka salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin.

Shuningdek, yurak-qon tomir tizimiga foydali ta’sir ko‘rsatadigan foydali moddalar nafaqat meva va sabzavotlarda, balki yong‘oq, sut mahsulotlari va go‘shtda ham mavjudligini ta’kidladi.