G‘arb yetakchiligi kuni bitapti, dedi Putin

Rossiya yetakchisi so‘zlariga ko‘ra, u bugungi kunda Hindiston va Xitoysiz faoliyat yuritayotgan samarali xalqaro tashkilotni xayoliga ham keltira olmaydi
Sputnik

TOShKENT, 5 sen - Sputnik. G‘arb yetakchiligi o‘z poyoniga yetayotgani hech kimga sir emas, bugungi kunda samarali xalqaro tashkilotni Hindiston va Xitoysiz tasavvur qilib bo‘lmaydi, deb bayonot qildi Rossiya prezidenti Vladimir Putin.

Putin: Trampga gipertovushli qurolimizni sotib olishni taklif qildim

"O‘ylaymanki, bugungi kunda hech kimga sir emas - prezident (Fransiya prezidenti Emmanuel) Makron ham yaqinda buni ta’kidladi, G‘arb yetakchiligi poyoniga yetmoqda", - deb bayonot qildi Putin Sharqiy iqtisodiy forum yalpi majlisida.

Rossiya yetakchisi so‘zlariga ko‘ra, u bugungi kunda Hindiston va Xitoysiz faoliyat yuritayotgan samarali xalqaro tashkilotni xayoliga ham keltira olmaydi.

Eslatib o‘tamiz, Beshinchi Sharqiy iqtisodiy forum Vladivostokda 4-6 sentabr kunlari bo‘lib o‘tmoqda. "Rossiya segodnya" xalqaro axborot agentligi VEF (sharqiy iqtisodiy forum) bosh axborot hamkoridir.