Putin Uzoq Sharqni daxmaza deganlarni ahmoqlar deb atadi

Rossiya yetakchisi Yoqutiston rahbari Aysen Nikolayev ma’ruzasidagi so‘zlarga shunday munosabat bildirgan.
Sputnik

TOShKENT, 4 sen — Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin Uzoq Sharqni rivojlantirish bo‘yicha davlat kengashi vaqtida bu mintaqani mamlakat uchun daxmaza deb hisoblaganlarni ahmoqlar deb atadi.

Hindiston Rossiyadan 14,5 milliard dollarlik qurol-yarog‘ sotib olishga shartnoma imzoladi

Rossiya yetakchisi Yoqutiston rahbari Aysen Nikolayev ma’ruzasidagi so‘zlarga shunday munosabat bildirgan.

“Hattoki oliy trubunalardan Uzoq Sharq faqat imtiyoz va budjet talab qiluvchi daxmaza ekani haqida so‘zlar yangragandi”, - degan Nikolayev.

Uning bu so‘zlari Putin quyidagicha javob qaytargan: “Qaysi ahmoqlar bundan deganini bilmayman”.

Yoqutiston rahbari sisosatchilar bundan chorak asr ilgari shunday deyishganini aytgan.

“Bu chorak asr ilgari bo‘lgan, kim aytgani noma’lum. Keling, bugungi kun haqida gaplashamiz”, - deya uni gapini bo‘lgan Putin.