Rossiyada “qora qarg‘a” hujum samolyoti halokatga uchradi

Stavropol o‘lkasida Su-25UB hujum samolyoti halokatga uchradi.
Sputnik

TOShKENT, 3 sen – Sputnik. Stavropol o‘lkasida Su-25UB hujum samolyoti halokatga uchradi. Ikki uchuvchi katapulta yordamida samolyotdan otilib chiqqan. RIA Novosti Mudofaa vazirligiga asosan xabar qildi.

Erdo‘g‘on Su-57 qiruvchilarini sotib olish bo‘yicha muzokara olib borilayotganini aytdi

Ta’kidlanishicha, halokat samolyot rejali o‘quv-mashq parvozini amalga oshirayotgan vaqtda sodir bo‘ldi.

Qidiruv-qutqaruv xizmati uchuvchilarni qidirmoqda. Samolyot odam bo‘lmagan joyga qulab tushgan, hech qanday talofatlar yo‘q.

Su-25 - bu zirhli hujum samolyoti hisoblanadi. U kechayu kunduz jang maydonida quruqlikdagi kuchlarni, shuningdek har qanday ob-havo sharoitida obyektlarni yo‘q qilish uchun mo‘ljallangan. U harbiylar orasida "qora qarg‘a" deb nomlanadi.

Su-25UB - uchuvchini tayyorlash uchun ikkita o‘rindiqli jangovar o‘quv samolyoti hisoblanadi, undan jangovar maqsadlarda ham foydalanish mumkin.