Ko‘rshapalak uyasini sotib olish ilinjida bo‘lgan erkakni chuv tushirishdi

Toshkentlik tanishiga saraton va boshqa turdagi og‘ir kasalliklarga davo bo‘luvchi ko‘rshapalak uyasini topib berishini va’da qilgan va buning evaziga undan bir necha ming dollar olgan.
Sputnik

TOShKENT, 3 sen - Sputnik. Ko‘rshapalak uyasini sotib olmoqchi bo‘lgan erkakni chuv tushirib ketishdi.

"Ko‘rshapalak uyasi": O‘zbekistonda yangi moliyaviy piramida ommalashmoqda

IIV xabariga ko‘ra, 20-mart kuni Toshkent shahar Chilonzor tumanida yashovchi 33 yoshli D.N. tanishi, Toshkent viloyati O‘rtachirchiq tumanida yashovchi 38 yoshli A.U.ga saraton va boshqa turdagi og‘ir kasalliklarga davo bo‘luvchi ko‘rshapalak uyasini topib berishini va’da qilgan va aldov yo‘li bilan undan 5 ming dollar olgan. Biroq shu kunga qadar bergan va’dasini bajarmay pullarni o‘z ehtiyoji uchun ishlatib yuborgan.

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, D.N. ushlangan.

Tergov harakatlari olib borilmoqda.