O‘zbekiston Mustaqilligining 28-yilligiga bag‘ishlangan bayromona mushakbozlik 1-sentabr kuni soat 21:00da boshlandi, deb xabar qildi Sputnik muxbiri.
Eslatib o‘tamiz, biroz oldin Toshkent shahar hokimligi ushbu yilgi "Mustaqillik kunida toshkentliklarni butun tariximiz davomidagi eng baland va eng go‘zal mushakbozlik kutmoqda", - deb xabar berishgan edi.
Darhaqiqat bu yilgi mushakbozlik ajoyib bo‘ldi. Oldin xabar berganimizdek, 9 daqiqa davom etgan salyutlar balandligi 350 metrga yetdi.
Mustaqillik kunida Toshkentdagi "Brodvey", Alisher Navoiy nomidagi teatr hududi, Respublika baynalminal madaniy markazi va tumanlar markazlari va parklarida xalq sayllari o‘tkazildi.