Uning fikriga ko‘ra, Rog‘un GES quvvatini oshirilishi Markaziy Osiyo mamlakatlari o‘rtasida iqtisodiy munosabatlariga ta’sir qilgan bo‘lishi mumkin.
Agar Rossiya bilan integratsiya haqida gapiradigan bo‘lsak – bu kompleks jarayon bo‘lishi kerak. Bu yerda institutlar, birinchi navbatda YeOII darajasida muloqot bo‘ladi. Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqqa qo‘shilish faqat Tojikistonda yangi energetika quvvatlarini ishga tushirish bilan bog‘liq bo‘lmaydi. To‘g‘ridan-to‘g‘ri bunday ta’sir qilish mumkin emas, - deydi Lixachova.
“Shak-shubhasiz, O‘zbekiston va Tojikistonda ma’lum vaqtdan beri YeOIIga a’zo bo‘lish to‘g‘risida munozara va tadqiqotlar olib borilmoqda. O‘zbekiston tashqi savdo hajmining 75 foizi YeOIIga bo‘lgan davlatlar xissasiga to‘g‘ri keladi. Albatta, bu mamlakatlar uchun tashqi savdoni tartibga solish masalasi juda muhim", - deydi ekspert.
Shuningdek, mehnat bozorini tartibga solish masalasi ham bu mamlakatlar uchun dolzarb ekanligini ta’kidlab o‘tdi.
Mutaxassisning to‘liq izohini quyidagi podkast orqali rus tilida tinglashingiz mumkin.