Yerda kuchli magnit bo‘ron qayd etildi

Yerda shu yilda ikkinchi kuchli magnit bo‘ron qayd etildi.
Sputnik

TOShKENT, 2 sen – Sputnik. Yerda shu yilda ikkinchi kuchli magnit bo‘ron qayd etildi, deb xabar qildi Fanlar akademiyasining Fizika instituti quyosh nurlari astronomiyasi laboratoriyasining olimlari. RIA Novosti xabariga asosan.

Sun’iy aql yadroviy urushni boshlashi mumkin – AQSh sobiq Mudofaa vaziri muovini

“Hozirgi vaqtda sayyoramizdagi deyarli barcha kuzatuv stansiyalari tomonidan geomagnit faolikning o‘sishi qayd etildi”, - deyilgan institut saytida.

Magnit bo‘ron 31-avgust kuni boshlangan va seshanba kuni ertalabgacha davom etadi. Olimlar maksimal kuchlanishlar besh balli shkala bo‘yicha ikki ballni qayd etdi. Bu yerga kuchli quyosh shamol oqimining yaqinlashishi bilan bog‘liq.

Bu yilda ikkinchi marta kuchli magnit bo‘ron bo‘ldi. Ta’kidlanishicha, so‘nggi sakkiz oy ichida ko‘zga ko‘ringan voqea -  may oyida, bo‘ron kuchi 3 darajada qayd etilgan.

"Hozirgi oqimning juda yuqori tezligini, shuningdek, quyoshdagi barqaror vaziyatni hisobga olsak, 27-28 sentabrda takrorlashi ehtimoldan xoli emas. Shu vaqtda bo‘ronning kuchi qanday bo‘lishi noma’lum”, - deb ta’kidladi olimlar.

2019 yilda quyosh faoligining yangi 11-yillik sikli boshlandi. Quyosh magnit bo‘ronlarining faolligi va kuchligi kuchayib bormoqda.

Olimlarning so‘zlariga ko‘ra, elektromagnit sikli eng cho‘qqisi 2022-2023 yillarga to‘g‘ri kelishi mumkin.