Olga Zabelinskaya oltin medal sohibi bo‘ldi

Germaniyada ayollar orasida bo‘lib o‘tgan xalqaro velopoygada O‘zbekiston nomidan ishtirok etayotgan sportchi Olga Zabelinskaya oltin medal yutib oldi.
Sputnik

TOShKENT, 1 sen – Sputnik. 31-avgust kuni Germaniyada ayollar o‘rtasida bo‘lib o‘tgan ayollar milliy terma jamoasi a’zosi Olga Zabelinskaya 1-o‘rinni egallab, oltin medalni qo‘lga kiritdi, deb xabar bermoqda Jismoniy tarbiya va sport vazirligi axborot xizmati.

Olga Zabelinskaya Osiyo chempionligi va Olimpiada yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi

“Europakriterium der Bahnfahrer” nomli xalqaro musobaqada 2-o‘rin - germaniyalik Gudrun Stoskga, 3-o‘rin - rossiyalik Tamara Dronovaga nasib etgan.

Velosportchimizning ushbu yutug‘i O‘zbekiston Mustaqilligining 28-yillik bayramiga munosib sovg‘a bo‘ldi, deyilgan xabarda.

Eslatib o‘tamiz, Olga Zabelinskaya - rossiyalik eng mashhur velopoygachi ayollardan biri. London va Rio-de-Janeyro Olimpiadalarining bronza va kumush medallari sohibi. 2018-yildan buyon O‘zbekiston bayrog‘i ostida xalqaro musobaqalarda ishtirok etib kelmoqda.