Eng baland va go‘zal: Toshkentda salyut nechada otilishi ma’lum bo‘ldi

Salyutlar balandligi 350 metrga yetadi
Sputnik

TOShKENT, 31 avg - Sputnik. O‘zbekiston Mustaqilligining 28-yilligiga bag‘ishlangan bayromona mushakbozlik 1-sentabr kuni 19:00da boshlanadi, deb xabar bermoqda Toshkent shahar hokimligi.

"Birinchi sentabr kuni kechki to‘qqizda toshkentliklarni butun tariximiz davomidagi eng baland va eng go‘zal mushakbozlik kutmoqda", - deyiladi xabarda.

Ma’lum bo‘lishicha, salyutlar balandligi 350 metrga yetadi, to‘qqiz daqiqa davomida ikki mingdan ziyod rang-barang yog‘dular "Xalqlar do‘stligi" saroyi orqasini yoritadi.

Shuningdek, "Brodvey", Alisher Navoiy nomidagi teatr hududi, Respublika baynalminal madaniy markazi va tumanlar markazlari va parklarida xalq sayllarini o‘tkazish rejalashtirilgan.