O‘zbekistonda “Markaziy bank to‘g‘risida”gi qonun o‘zgartiriladi

Markaziy bank o‘zining tartibga solish va nazorat qilish funksiyalari amalga oshirishi uchun doimiy ishlovchi organi – Markaziy bankning bank nazorati Qo‘mitasi tashkil etiladi.
Sputnik

TOShKENT, 30 avg — Sputnik. O‘zbekistonda “Markaziy bank to‘g‘risida”gi qonunga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi qonun loyihasi ishlab chiqildi. Bu haqda MB matbuot xizmati xabar qildi.

Mazkur qonunning maqsadi O‘zbekiston MBning huquqiy maqomi, funksiyalari, asosiy maqsadlari, vakolatlari, tashkil etilishi va faoliyati prinsiplarini belgilash hamda uning faoliyatini tashkil etish va tartibga solishdan iborat.

O‘zbekistonda so‘m denominatsiya qilinadimi? – Markaziy bank raisi javobi

Bunda, Markaziy bankning bosh maqsadi narxlar barqarorligini, bank tizimi hamda to‘lov tizimi barqarorligini ta’minlash sifatida belgiladi.

Shu bilan birga, qonun loyihasida  pul-kredit siyosati va uning instrumentlarini takomillashtirish, pul-kredit sohasida amalga oshirilayotgan siyosat va choralarning shaffofligini oshirish ko‘zda tutilgan.

Qolaversa, MBning boshqaruv sifatlari va banklarning risklarni boshqarish tizimiga ta’siri mexanizmlarini ishlab chiqish, ma’lumotlar yig‘ish va tahlil qilish tizimining samaradorligini oshirirish rivojlantiriladi. Bank tizimining moliyaviy barqarorligi mustahkamlanadi.

Shuningdek, markaziy bank faoliyatining ochiqligi, shaffofligi va oshkoraligini ta’minlash uchun O‘zbekiston  Oliy Majlisi Senatining Kengashi tasdiqlaydigan ikkita mustaqil Boshqaruv a’zolari kiritiladi.

O‘zbekistonda dollar kursi nega keskin oshdi? - Markaziy bank bayonoti

Pul-kredit siyosatinining asosiy uning interpretatsiyasi va ko‘rsatkichlarini, shu jumladan pul massasining tarkibini va dinamikasini, bank tizimining statistik ma’lumotlarini, Markaziy bankning faoliyatini umumlashtirilgan ma’lumotlarni ommaviy axborot vositalarida e’lon qilinadi.

Markaziy bank o‘zining tartibga solish va nazorat qilish funksiyalari amalga oshirishi uchun doimiy ishlovchi organi – Markaziy bankning bank nazorati Qo‘mitasi tashkil etiladi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Markaziy banki 20-avgustdan boshlab mamlakatda naqd valyuta ayirboshlashni va valyuta kurslarini belgilashni erkinlashtirgan edi.