Rossiyada ikki o‘zbekistonlik lift shaxtasiga tushib ketdi

Kronshtadt shahridagi qurilish maydonlaridan birida 4 nafar ishchi, jumladan, ikki nafar O‘zbekiston fuqarosi lift shaxtasiga tushib ketgan.
Sputnik

TOShKENT, 30 avg – Sputnik. Rossiyada ikki o‘zbekistonlik lift shaxtasiga tushib ketdi.

Mamlakatning Sankt-Peterburg shahridagi Bosh konsulxonasi 28-avgust kuni Leningrad viloyati Kronshtadt shahridagi qurilish maydonlaridan birida 4 nafar ishchi, jumladan, ikki nafar O‘zbekiston fuqarosi B.B. va K.B. lift shaxtasiga tushib ketgani to‘g‘risida OAV da tarqalgan xabarni tasdiqlagan.

TIV: Sankt-Peterburgdagi yong‘inda jarohat olgan o‘zbekistonlikning ahvoli og‘ir

TIV xabarida qayd etilishicha, B.B.ga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilganidan so‘ng ruxsat berilgan. K.B. Janalideze nomidagi Tez yordam ilmiy-tadqiqot instituti travmatologiya bo‘limiga o‘tkazilgan va hozirda uning holati shifokorlar tomonidan “qoniqarli” deb baholanmoqda.

Bosh konsulxona mazkur holat bo‘yicha huquqni muhofaza qilish organlari va tibbiyot muassasasi bilan aloqa o‘rnatgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Sankt-Peterburgda O‘zbekiston fuqarosi og‘ir ahvolda topilgani xabar qilingan edi.